Toshkent shahridagi Inha universitetida “AI CLUB” – O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

26 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida UZINFOCOM kompaniyasining “AI CLUB”- O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. AI CLUB tadbiri doirasida UZINFOCOM Yagona Integratori sunʼiy intellekt boʻyicha milliy IT-loyihalarning taqdimotini oʻtkazdi. Barcha ishtirokchilarga respublika darajasidagi loyihalar uchun maʼlumotlar toʻplamini yigʻish uchun noyob imkoniyat berildi, bu keyinchalik neyron tarmoqlarni oʻqitish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.