Toshkent shahridagi Inha universitetida Akademik sifatni ta’minlash bo‘yicha yillik monitoring o‘tkazildi

Koreya Respublikasidagi INHA universiteti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, Akademik sifatni ta’minlash (Academic Quality Assurance) bo‘yicha yillik monitoringni amalga oshirdi.

Tashrif davomida delegatsiya universitetning akademik boshqaruv tizimi, IT qo‘llab-quvvatlash, o‘quv dasturlarining amalga oshirilishi hamda ta’lim sifati bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rgandi. Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar hamda axborot sessiyalari o‘tkazilib, universitetning joriy faoliyati va ta’lim sifatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.