Toshkent shahridagi Inha universitetida BIRINCHI bor universitetlararo musiqa festivali bo‘lib o‘tdi

9-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar tomonidan BIRINCHI Universitetlararo musiqa festivali tashkil etildi.
Ushbu festivalda qator xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari: Puchon universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitet musiqa to‘garaklari talabalari ishtirok etdilar.
Festivalda 600 ga yaqin talaba ishtirok etdi.
Musiqa festivali doirasida guruhlar rok, folk, hindi, pop kabi turli janrlarida ijro etib va o’z vaqtlarini maroqli o’tkazishdi.🤩