Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

18–19-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.

18-aprel kuni Koreya dasturi doirasida “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi, 19-aprel kuni esa “Biznes va logistika” yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi.

Ochiq va shaffof imtihon jarayonini ta’minlash hamda nazorat qilish maqsadida, INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.