Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi sun’iy intellekt laboratoriyasi ochildi

25-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri, universitetning birinchi rektori Sherzod Shermatov tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy voqeasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida universitet bazasida tashkil etilgan AI Lab — O‘zbekistondagi ilk sun’iy intellekt laboratoriyasining ochilishi bo‘ldi.

Laboratoriya sun’iy intellekt asosida o’qitish va ma’lumotlar tahlilini o‘rganish, shuningdek, talabalar tomonidan amaliy va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun zamonaviy maydon bo‘lib xizmat qiladi.