Toshkent shahridagi Inha universitetida BOMI Engineering & Construction kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida kompaniya prezidenti va Janubiy Koreyadagi INHA universiteti bitiruvchisi Kim Dok Yeon, hamda boshqaruv direktori Kim Tae Hun Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati, jumladan xalqaro ta’lim dasturlari va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorliklari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida yangi o‘quv binosini qurish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari universitetning yangi o‘quv binosini barpo etish loyihasiga qiziqish bildirishdi. Tashrif doirasida mehmonlar uchun kampus bo‘ylab ekskursiya ham tashkil etildi.