Toshkent shahridagi Inha Universitetida Britaniya va Italiya dasturlari birinchi kurs talabalari uchun ikkinchi tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tdi

2026-yil 4-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Britaniya va Italiya dasturlari birinchi kurs talabalari uchun ikkinchi tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida rektor, prorektorlar va professor-o‘qituvchilar talabalarga samimiy tilaklarini bildirib, yangi bosqichni muvaffaqiyatli boshlashlarini tilashdi.

Talabalar universitet, professor-o‘qituvchilar, Student Union va Youth Union bilan tanishib, universitet hayoti va kelgusidagi tadbirlar haqida ma’lumot olishdi. Kun kampus bo‘ylab sayohat, qiziqarli o‘yinlar va mashg‘ulotlar bilan davom etib, mazali kechki ovqat bilan yakunlandi.

Shuningdek, tadbirga yoqimli qo‘shimcha bo‘lgan mahsulotlarni taqdim etgan Agromir kompaniyasiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.