Toshkent shahridagi Inha universitetida Buyuk Britaniya dasturi IT yoʻnalishida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari uchun yo‘naltiruvchi sessiya boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv doirasida professor-oʻqituvchilar ikkinchi kursda tanlanadigan ixtisoslik yoʻnalishlari — kiberxavfsizlik, maʼlumotlar fani va sunʼiy intellekt kabi yo’nalishlarni taqdim etishdi. Shuningdek, talabalar qiziqtirgan savollarini berish va dasturlar haqida qoʻshimcha maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Yig‘ilish yakunida universitet ma’muriyati ixtisoslik yo‘nalishlarini tanlash va taqsimlash tartibini qisqacha tushuntirib berdi.