Uchrashuv doirasida professor-oʻqituvchilar ikkinchi kursda tanlanadigan ixtisoslik yoʻnalishlari — kiberxavfsizlik, maʼlumotlar fani va sunʼiy intellekt kabi yo’nalishlarni taqdim etishdi. Shuningdek, talabalar qiziqtirgan savollarini berish va dasturlar haqida qoʻshimcha maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Yig‘ilish yakunida universitet ma’muriyati ixtisoslik yo‘nalishlarini tanlash va taqsimlash tartibini qisqacha tushuntirib berdi.
