Toshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o’z faoliyatini boshladi

Akademiyaning asosiy maqsadi –  O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va talabalarini Security, Datacom / Routing & Switching, Storage, Artificial Intelligence kabi zamonaviy yo’nalishlarda o’qitish va sertifikatlashdir.
Darslar davomida talabalar va o’qituvchilar o’quv materiallarining ma’lumotlar bazasi va laboratoriya uskunalari onlayn dasturidan, shuningdek, butun dunyo bo’ylab AKT sohasida rivojlangan homiylar tarmoqlaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.