Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

28-iyun kuni Koreya dasturi «Biznes va logistika» yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Ochiq va shaffof imtihon jarayonini ta’minlash hamda nazorat qilish maqsadida, INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Har bir imtihon auditoriyasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, imtihon jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 29-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti huzuridagi Uzluksiz ta’lim markazi tinglovchilari uchun 🇰🇷 Koreya dasturiga kirish imtihonlari, shuningdek, ikkinchi guruhda Italiya va Buyuk Britaniya dasturlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Barchaga omad tilaymiz!