Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

29-iyun kuni Inha universiteti uzluksiz ta’lim markazining tayyorgarlik kurslari tinglovchilari uchun «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda «Biznes va logistika» fakultetlariga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Ochiq va shaffof imtihon jarayonini ta’minlash hamda nazorat qilish maqsadida, INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Har bir imtihon auditoriyasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, imtihon jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

Bugun, ikkinchi guruhda Italiya va Buyuk Britaniya dasturlariga ham kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.