Toshkent shahridagi Inha universitetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

2022-yil 12-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida elektron hukumatni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir belgilangan mavzu doirasidagi tadqiqot natijalari, shuningdek, O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola tanlovi natijalarini sarhisob qilishga bag‘ishlandi.
Ilmiy seminar doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov, shuningdek, tanlovga yuborilgan eng yaxshi maqola mualliflari ishtirok etdilar.