Toshkent shahridagi Inha universitetida Jalinga studiyasi ochildi

3 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jalinga” interaktiv videostudiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, “Jalinga Uzbekistan” direktori Javoxir Ro‘ziboyev, Ilgar Zubairov – Jalinga Global kompaniyasining rivojlanish bo’yicha direktori va “MFactor, Impulse” loyihalari asoschisi Hasan Mamasaidov bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi eng katta Jalinga interaktiv studiyasini rasman ochib berdilar.
Jalinga interaktiv studiyalarining boshqa  videostudiyalarga o’xshashi yo’q, kompaniya jahon bozorida mutlaq yetakchi hisoblanadi.
Interaktiv videostudiya klassik suhbat videolarni yoki to’liq videodarslarni yozib olish, onlayn konferentsiyalar va vebinarlar o’tkazish, ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar yaratish imkonini beradi.
Bularning barchasi operatorlar, muharrirlar va ularni yoritish bo’yicha mutaxassislar jamoasi yordamisiz bajara olinadi. Studiya barcha texnologik jihozlar bilan jihozlangan.
Videolarni  tahrirlash real vaqt rejimida amalga oshiriladi.