Toshkent shahridagi Inha universitetida “JobFest 2024” bo‘lib o‘tdi

8-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “JobFest 2024” boʻlib oʻtdi. Bu har yili oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib, undan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va xorijdagi barcha ilgʻor tashkilotlar, shuningdek, poytaxtimizdagi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va talabalarini bir joyga jamlashdan iborat.
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar orasida Huawei, AkFA, Fido-biznes, Uzinfocom, Click, Deloitte, Coca-Cola, TBC bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
JobFest 2024 bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida talabalar va bitiruvchilar kompaniyalar bilan yaqindan tanishish va kadrlar bo‘yicha mutaxassislar bilan kelgusida ishga joylashish rejalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Homiylarimiz «Belissimo» va «Lactel»ga rahmat!
Yarmarkada 500 dan ortiq talabalar va O‘zbekistonning 60 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.