Toshkent shahridagi Inha universitetida kibersport bo’yicha “SCO STUDENTS CUP” xalqaro chempionatining final bosqichi bo’lib o’tdi

2-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kibersport bo’yicha SCO STUDENTS CUP chempionati bo‘lib o‘tdi. CS:GO va DOTA 2 turnirlarida Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog’iston, Rossiya va O‘zbekistondan 50 ta jamoa ishtirok etdi. Turnirda jami 1000 dan ortiq sportchilar ishtirok etdilar. Turnirning umumiy sovrin jamg’armasi 200 million so’mni tashkil qiladi.
Rossiya CS:GO va Qozog’iston DOTA 2 g’olib jamoalarini tabriklaym!