Toshkent shahridagi Inha universitetida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 

11-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlashda muammolar hamda ularni yechimlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi rahbari Olimjon Mirzayev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdilar.

Tadbirda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda IT va kiberxavfsizlik sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov TshIU kiberxavfsizlik o‘quv markazi misolida “Mutaxassislarni tayyorlashning
muhim sharti sifatida ta’lim tashabbuslari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida Izzatilla Ergashev — “Kiberxavfsizlik markazi” DUK yetakchi mutaxassisi «Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlashda muammolar hamda ularni yechimlari, (аxborot va kiberxavfsizlik monitoring tizimi tahlili natijalariga ko’ra)» mavzusida haqida gapirdi.
Abbosbek Mamanazarov — “Kiberxavfsizlik markazi” DUK yetakchi mutaxassisi «Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot resurslari xavfsizligi holati. Kibertahdidlarga qarshi kurash.» mavzusini ochib berdi.

Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Ma’ruzachilar va ishtirokchilar axborot xavfsizligi masalalarini muhokama qildilar, samarali yechimlar taklif qildilar va tadbirni savol-javob bilan yakunladilar.