Toshkent shahridagi Inha universitetida magistrantlar uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi

2022-yil 6-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida magistrantlar uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi. Konsultatsiya davomida magistrantlar universitet binosiga tashrif buyurib o’quv jarayoni haqidagi o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldilar, shuningdek, universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishdilar.