Toshkent shahridagi Inha universitetida mapatonning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida mapatonning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mapatonda ikki kuni davomida 10 ta guruh tomonidan 64 ta mahalladagi 550 ta ko‘cha uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘planib, Yangiyo‘l tumanidagi mahallalari ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Mapaton belgilangan hududda ichimlik suvi ta’minoti darajasini aniqlashga yordam beradi.