Toshkent shahridagi Inha universitetida Navro’z bayrami bo’lib o’tdi

2024-yil 19-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Navro’z bayrami keng nishonlandi.
Tadbirga ko’plab mehmonlar, talabalar va o’qituvchilar tashrif buyurishdi.
Toshkent shahridagi Inha universitetida o’ziga xos bayramona tadbir dasturi, raqslar, qo‘shiqlar, mahorat darslari va boshqa ko‘plab tadbirlar tayyorlandi.
Shuningdek, barcha mehmonlar Toshkent shahridagi Inha universitetida tayyorlangan mazali osh va sumalakdan bahramand bo’ldilar.
Bayram ishtirokchilari qiziqarli va rang-barang foto zonlarida esdalik suratlarga tushdilar. 📸