10-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalarini birlashtirgan Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar Inha universitetining ta’lim dasturlari, qabul shartlari va universitetda o‘qish orqali ochiladigan imkoniyatlar bilan tanishishdi. Tadbir davomida namoyish etilgan insonsimon robot esa universitetning innovatsion va amaliy ta’limga bo‘lgan yondashuvini yaqqol namoyon etdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar universitetning maxsus merch sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirga taqdim etgan mahsulotlari uchun Agromir kompaniyasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Sizni Inha Universiteti talabasi sifatida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
