O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida professor-o‘qituvchilarning mehnati va Universitet rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.
“Years of Excellence” nominatsiyasida Universitetda 10–12 yillik mehnat faoliyatiga ega professor-o‘qituvchilar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. “Students’ Choice Award” nominatsiyasi esa talabalar tomonidan ta’lim sifati yuqori baholangan professor-o‘qituvchilarga topshirildi.
Bayram talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy va ijodiy chiqishlardan iborat dastur bilan davom etdi.
Barcha taqdirlanganlarni muborakbod etamiz hamda professor-o‘qituvchilarga kasbiy faoliyati va talabalar ta’limiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
