Toshkent shahridagi Inha universitetida “S.W.A.T.” (Qalqon) jamoatchilik guruhi tashkil etildi

🛡S.W.A.T. – bu maxsus harbiy guruh nomining qisqartmasi(Спецназ). Biroq, Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)da bu nom yangi ma’no kasb etadi, ya’ni: ilg’or texnologiyalar bilan ishlaydigan talabalar (Students Working with Advanced Technology).
«S.W.A.T.» jamoatchilik guruhi aʼzoligiga 10 nafar talaba saralab olindi. Ushbu guruhni tashkil etishdan maqsad Universitet talaba-yoshlari oʻrtasida jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashishdir.
🛡S.W.A.T. – bu Inhaning qalqoni!