19-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Uzluksiz ta’lim markazi (UTM)ning tayyorlov kurslari talabalari uchun “Orientation Day” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tayyorlov kurslari, o‘quv jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga markaz vakillaridan javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.
