Toshkent shahridagi Inha universitetida uchinchi va yakuniy kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

2-avgust kuni Koreya dasturi «Biznes va logistika» yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni Koreya dasturi “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va shaffof imtihon jarayonini ta’minlash hamda nazorat qilish maqsadida, INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Har bir imtihon auditoriyasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, imtihon jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

Bugun, ikkinchi guruhda 🇮🇹 Italiya va 🇬🇧 Buyuk Britaniya dasturlariga ham kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Barchaga omad tilaymiz!