Toshkent shahridagi Inha universitetida “Women Talk” anjumani bo‘lib o‘tdi

1-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ayol kuchining uyg‘unlashuviga bag‘ishlangan “Women Talk” anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman qiz va ayollar o’rtasida ilhomlantiruvchi munozaralar, tajriba almashish va o’zaro fikr almashish uchun maydonga aylandi.
Tadbir bir-birini ilhomlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun o’zlarining muvaffaqiyat hikoyalari va tajribalari bilan o’rtoqlashishga tayyor bo’lgan yorqin va iqtidorli ma’ruzachilarni birlashtirdi.
Konferensiya ishtirokchilarining faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!