O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi doirasida yangi Axborot-resurs markazi rasman ochildi.
Markaz fondida 5,000 dan ziyod kitob mavjud bo‘lib, EBSCO va Springer xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, universitet ta’lim resurslaridan foydalanishni yanada qulaylashtiradigan o‘z kutubxona tizimini ishlab chiqmoqda.
Yangi markaz talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ta’lim olish, mustaqil ishlash hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy maskandir.
