Toshkent shahridagi Inha universitetida Yoshlar ittifoqi yetakchilari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

8 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbusi bilan poytaxtning 9 ta oliy o‘quv yurtlari: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, TMS instituti , Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi, Sharq universiteti, Profi universiteti, Universitet ta’limi Renessansi, Diplomat universiteti bilan memorandum imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ular yaratgan loyihalarni ishlab chiqish va yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti Central Asian University (CAU), Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti va Turin politexnika universiteti bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.