Toshkent shahridagi Inha universitetining 100 nafar faol talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

 

27-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi prorektori Turdimurat Tursunmuratov tomonidan universitetning so‘nggi semestrdagi eng faol 100 nafar talaba-yoshlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida turli loyihalar, ishlanmalar va talabalar muvaffaqiyatlari bo’yicha bo’lib o’tdi. Ular orasida xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar, viloyatlarda TShIU taqdimotlarini o‘tkazgan eng faol talabalar, sport g‘oliblari, stipendiya sohiblari, yil talabasi, Academic Support Club tashkil etgan talabalar va SU clubi yetakchilari taqdirlandilar.

Barcha talabalarga sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti barcha talabalarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadi, rivojlanishda davom eting va orzularingiz sari intiling!