Toshkent shahridagi Inha universitetining 150 nafar talabasi o’qishni davom ettirish uchun Koreyaga yo’l olishdi

2022-yil 24-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetidan 150 nafar talaba Koreyaga o‘qishni davom ettirish uchun jo‘nab ketdi. Xususan, “Biznes va logistika” fakultetining 3+1 dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar hamda Toshkent shahridagi Inha universitetining raqamli transformatsiya MBA yo‘nalishi bo’yicha magist talabalari Koreyaga yo‘l olishdi. Ularning barchasi Koreyadagi INHA universitetida o‘qishni davom ettiradi.