Toshkent shahridagi Inha universitetining 9 nafar vakillari “Perspektywy Women in tech Summit 2022”da ishtirok etmoqda

2022 yil 7-8 iyun kunlari Polshada butun dunyo muvaffaqiyatli ayollar va qizlarning sammiti boʻlib oʻtadi.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan jami 15 nafarga yaqin talaba taklif etildi. Ulardan 9 nafari Toshkent shahridagi Inha universitetining vakillari (jumladan, universitetning hozirgi talabalari va bitiruvchilari): Maxmudova Sevinch, Rustamova Malikakhon, Gulbahor Mirzalieva, Aleksandra Kim, Mashxura Eshmatova, Yuliya Durova, Axmedova Nigora, Nodira Ibragimova, Ummatoy Yuldasheva.
Ushbu konferensiya talaba qizlar uchun Google, Facebook, Amazon, Cisco, Huawei, 3M, Goldman Sachs, Intel va boshqa ko’plab kompaniyalar hamkorlari bo’lgan eng yirik IT konferentsiyasida qatnashish uchun ajoyib imkoniyatdir.