Toshkent shahridagi Inha universitetining EMBA talabalari Italiyadagi ta’lim safari davomida raqamli transformatsiya bo‘yicha bilimlarini kengaytirmoqda

POLIMI Graduate School of Management tomonidan Italiyada tashkil etilgan ta’lim safari dasturi doirasida EMBA dasturi talabalari raqamli transformatsiya va davlat sektoridagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Dastur doirasida raqamli transformatsiya strategiyalari, raqamlashtirish tashabbuslari va boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘tkazildi. Ta’lim safari doirasida talabalar IBM kompaniyasiga tashrif buyurib, dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan birida raqamli transformatsiya va innovatsiyalarning amaliyotdagi qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishishdi.