Toshkent shahridagi Inha universitetining SPG harakati O’zbekiston viloyatlari bo’yicha taqdimotlarni davom ettirmoqda. Fotoreportajni ko’rishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, SPG – TshIU talabalarining targ’ibot guruhi («Student promotion group – SPG») bo’lib, uning asosiy maqsadi Respublika bo’ylab maktablar, kollejlar, ta’lim markazlarida yoshlarga IT va logistikaning dolzarbligi to’g’risida batafsil ma’lumot berish va ularning ushbu yo’nalishlarga qiziqishini oshirishdir.
Shu bilan birga, talabalarimiz Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berishadi.