Toshkent shaxridagi Inxa universiteti (IUT)

Jaxon miqyosidagi kompaniyalarda axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj juda katta. Buni IT mutaxassislariga taklif qilinadigan maoshning darajasini inobatga olib aytishimiz mumkin.–Muvafaqiyatli mutaxassisning kelajagi garovi – bu avvalam bor, to‘g‘ri tanlangan Universitetdir.
 
Toshkent shaxridagi Inxa universiteti (IUT) da ta’lim ingliz tilida kredit tizimi bo‘yicha olib boriladi. Bu tizim talabalarga ta’lim yo‘nalishini malum doirada individual ravishda rejalashtirish imkonini beradi. O‘quv jarayonini shu tarzda tashkil etishning o‘ziga xosligi ta’lim olishni individuallashtirish, mustaqil izlanish axamiyatini oshirish, talabalarning mobilligini oshirishdir.
Hozirgi kunda universitetda kompyuter va axborot injiniring hamda logistika mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim beriladi.
 
Toshkent shahridagi Inxa universitetidagi professor-o‘qituvchilar tarkibining 70 foizdan ortig‘ini – Avstraliyalik, AQSHlik, Janubiy Koreyalik, Hindistonlik, Bolgariyalik, Italiyalik, Rossiyalik va Falastinlik doktor ilmiy darajasiga (Ph.D) ega bo‘lgan xorijiy professorlar tashkil etadi.
Ta’lim jarayoni virtual muhit, zamonaviy o‘quv-laboratoriya komplekslari, Fab Lad multimediya texnologiyalari va o‘qitishning innovatsion uslublari qo‘llangan xolda olib boriladi. Bundan tashkari, ingliz tili bo‘yicha xalqaro imtihonlarga tayyorlash markazi, talabalar almashinuvi bo‘yicha xalqaro dasturlar, yangi ta’lim dasturlari, shuningdek qo‘shimcha kurslarni yaratishga asoslanadi.
 
Zamonaviy o‘quv-laboratoriya komplekslari laboratoriya ishlarini bajarish uchun mobil modullar, talabalar ishlarini nazorat qilish va baholash uchun dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Bunga, SAP next gen lab laboratoriyasi va SAP, Oracle Academy, Microsoft Imagine Academy, Aspex BI School, Cisco Academy va boshqalarning kompyuter o‘quv sinflarini misol qilishimiz mumkin.
 
Hozirgi kunga kelib universitetda 1331 nafar talaba ta’lim olib kelmoqda. Muvaffaqiyatli talabalar grantlar asosida ta’lim olish imkoniyatidan, akademik stipendiyalar va yuqori o‘zlashtirish kursatkichlari uchun rag‘batlantirish kabi dasturlardan foydalanishlari mumkin.
 
Toshkent shaxridagi Inxa universiteti (IUT) xar yili kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra barcha fakultetlarning talabalariga 40 ta grant urinlarini taqdim etadi. Grantlar IUT muassislari tomonidan taqdim etiladi va 4 yil davomida ta’lim olishga sarflarni qoplashga yo‘naltiriladi.
 
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga kura Toshkent shaxridagi Inxa universiteti (IUT) talabalarida shaxsiy va professional rivojlanish tendensiyalari kuzatilgan.
 
100% bitiruvchilardan 15% magistratura bosqichida ta’limni davom ettirmoqda, qolgan 85% yuqori ish haqi to‘lanadigan IT-kompaniyalarda, vazirlik va idoralarda ish faoliyatini yuritmoqda.
 
Shuningdek talabalarimiz ikkinchi kursdan boshlab, qisman ish faoliyatini boshlagan va o‘z xarajatlarini hamda ta’lim olish to‘lovlarini olingan oylik maoshidan to‘lab kelmoqda.