Toshkentda Xalqaro “Google Dasturchilar Forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda soha mutaxassislari, 3000 ga yaqin dasturchilar hamda yangi texnologiya va loyihalar bilan qiziquvchi yoshlar, 15 dan ortiq xalqaro hamda 10 dan ortiq mahalliy spikerlar ishtirok etib, o‘z tajribalari bo’yicha so‘z yuritdilar.
IT sohasining Machine learning (ML) va AI (Artificial intelligence) yo’nalishlari mazkur konferensiyaning asosiy mavzusi etib belgilandi, unda dasturchilar ML va AI sohasidagi imkoniyatlar, yangiliklar, tajribalardagi yutuqlar bilan tanishtirildi. Oddiy til bilan aytganda, ushbu tadbir mahalliy dasturchilar uchun yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, xalqaro ekspertlar bilan aloqa o‘rnatishlari uchun ajoyib imkoniyat maydoni sifatida xizmat qildi.
E’tiborga molik jihati, O‘zbekistonlik dasturchi va o‘rganuvchilar uchun Google kompaniyasi tomonidan ML kurslarda mutlaqo bepul o’qish imkoniyati ham taqdim etildi.
📌Google Machine Learning kurslarini bepul o’rganish uchun havola:
//rsvp.withgoogle.com/events/ml_learning_st/ml_study