Toşkent şahridagi Inha Universiteti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida iştirok etdi

Toşkent şahridagi Inha Universiteti “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusida ötkazilgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida iştirok etdi.

Forum doirasida taşkil etilgan “Study in Uzbekistan” ta’lim körgazmasida universitet özining akademik dasturlari va ta’lim imkoniyatlarini taqdim etib, taşrif buyuruvçilarni xalqaro ta’lim yönalişlari hamda abituriyentlar uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan taniştirdi.

Forumda ta’lim muassasalari vakillari akademik mobillik, qöşma ta’lim dasturlari, ilmiy-innovatsion hamkorlik va oliy ta’lim sifatini oşiriş masalalarini muhokama qilişdi.

Toşkent şahridagi Inha Universitetining uşbu forumdagi iştiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, boşqa ta’lim muassasalari bilan tajriba almaşiş hamda universitetning ta’lim imkoniyatlarini kengroq tarğib etiş uçun muhim imkoniyat yaratadi.