2026-yil 21–22-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Inha Universitetida FinTech Hackathon 2026 bölib ötdi. Xakaton moliyaviy texnologiyalar sohasida innovatsion yeçimlar yaratiş maqsadida iqtidorli talabalar, yoş dasturçilar, dizaynerlar va texnologiya ixlosmandlarini birlaştirdi.
Ikki kun davomida jamoalar öz loyihalari ustida işlab, tajribali mentorlardan yöl-yöriq va qimmatli fikr-mulohazalar olişdi hamda ekspertlar hay’atiga taqdim etişdi.
Ğolib jamoalar jami 50 million sömlik sovrin jamğarmasi doirasida quyidagi örinlarni egallaşdi:
1-örin – Centrum
2-örin – Tesseract
3-örin – Dominify
Xakaton Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Özbekiston Milliy banki va United Ventures hamkorligida taşkil etildi. Tadbir yoş iste’dodlarga öz bilim va könikmalarini namoyon etiş, tajriba almaşiş hamda FinTech sohasida innovatsion yeçimlar yaratişga hissa qöşiş imkoniyatini taqdim etdi.
Barça ğolib jamoalar va iştirokçilarni tabriklaymiz!

