TShIU bitiruvchilar uchun “BBQ party” bo‘lib o‘tdi

4 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “BBQ party” formatida bitiruvchilarning ikkinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari o’zaro universitetni tamomlagandan so‘ng yuz bergan barcha yangiliklar va o‘zgarishlar, kelajakdagi rejalari, shuningdek, tajriba almashish va suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir nafaqat mazali kechki ovqat, balki “Universitetga qaytish” viktorinasida ishtirok etish va Toshkent shahridagi Inha universiteti musiqa klubidan jonli musiqadan bahramand bo‘lish imkonini berdi.