TShIU delegatsiyasi “Inha University Hospital”ga tashrif buyurdi

15 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya Incheon (Janubiy Koreya) shahridagi “Inha University Hospital”ga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TShIU delegatsiyasi “Inha University Hospital”ning yangi rahbariyati bilan tanishdi.
Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda ilm-fanning jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan teletibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Tomonlar teletibbiyot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.