TShIU delegatsiyasi Koreya Sanoat kompleks korporatsiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

2022-yil 11-noyabr kuni rektor Muzaffar Djalalov boshlichiligidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti delegatsiyasi Sanoat kompleks korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda NH-BIShKEK rahbari Jung Bin Hur, GDT Co., Ltd rahbari Chi-Hwan Kim, Opto Marine rahbari Park Yoon Ho, Ph.D, Laser Solution Technology rahbari KimSeon-Ju, Ph.D, Kotra rahbari Yongseop Byeon va proyekt menejeri Kyung Jin CHo, NTO Con., Ltd. Rahbari Chan Ju Park va Daeyoung Drone Solution rahbari Kim Sin Hun ishtirok etdilar.

Uchrashuvda kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilib, Kotra vakillari bilan birgalikda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, konstruktiv tizimga kiruvchi kompaniyalar rahbarlari bilan ko’rishilib, O’zbekistonda ularning vakolatxonalarini ochishni, o’zbekistonlik mutaxasisslarni ishga olishni va BPO(masofaviy xizmat ko’rsatish) masalalarini ham muhokama qildilar va o’z nutqi so’ngidan rektor Muzaffar Djalalov yuqoridagi kompaniyalar rahbarlarini O’zbekistonga xususan, TShIUga taklif etib qoldi.