TshIU “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” kiberxavfsizlik sammitida ishtirok etmoqda

3-4 oktyabr kunlari Toshkentda “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” kiberxavfsizlik sammiti boʻlib oʻtadi.
Tadbirda 24 mamlakatdan 130 ta kompaniya vakillaridan iborat 250 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Sammitda Ummon Sultonligi, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Yaponiya, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning vakillari va xalqaro tashkilotlardan – Xalqaro elektraloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT muhokamalarda ishtirok etdi.
CSS 2023 kiberxavfsizlik konferensiyasining asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni namoyish etish, eng muhimi, o‘zaro manfaatli asosda yangi ishbilarmonlik hamkorligi uchun imkoniyatlarni ochish uchun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat.
Mazkur sammitda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligida ishtirok etdi. 200 dan ortiq ishtirokchilar, 50 dan ortiq ekspertlar ishtirok etib va jamoaviy kiber mashqlar tashkil etildi. Shuningdek, mazkur sammit doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti ishtirok etgan ko‘rgazma ham bo‘lib o‘tdi.