TShIU Koreyaning “The Cyber University of Korea” bilan memorandum imzoladi

2022-yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning “The Cyber University of Korea” prezidenti, shuningdek, Koreyaning “Korea Council for Online Universities” rahbari Jin-Sung Kim bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning quyidagi yoʻnalishlarini koʻzda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladilar:

– qo’shma ilmiy faoliyat yuritish, shu jumladan tadqiqot va ta’lim
– qo’shma tadqiqot faoliyati
– o’qituvchilar va xodimlar almashinuv dasturi
– talabalar almashinuv dasturi
– bilim va tajriba almashish

«The Cyber University of Korea» 2001-yil tashkil etilgan Koreyadagi birinchi onlayn universitetdir. Ushbu universitetda nafaqat Koreya balki 58dan ortiq davlatlardan turib masofaviy ta’lim olib kelishmoqda. Uchrashuv kampus bo’ylab sayohat bilan yakunlandi.