TShIU magistratura bosqichi talabasi “InnoWeek-2023” haftaligi doirasidagi loyihalar ko‘rgazmasida birinchi o‘rinni egalladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti magistranti Azizbek Azizov “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ko‘rgazmasida “YOOU Share” shaxsiy loyihasi bilan ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yoshlarning ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Azizbek birinchi o‘rinni egallab, sertifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Eslatib oʻtamiz, “YOOU Share” Oʻzbekistonda zaryadlovchi qurilmalarni soatlik ijaraga berish boʻyicha birinchi loyihalardan biridir. Power bankini shaharda joylashgan istalgan stansiyada ijaraga olishingiz mumkin.
Azizbek nafaqat universitetimiz bitiruvchisi, balki o‘z bilimini oshirishda davom etgan magistrantimiz ekanligidan juda faxrlanamiz. Tabriklaymiz va kelgusida yanada zafarlar tilab qolamiz!