TshIU Markaziy Osiyo kiberxavfsizlik boʻyicha «Cyber 9/12 Strategy Challenge» musobaqasi boʻlib oʻtmoqda

11-12 iyul kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Atlantika Kengashi, AQSh Davlat departamenti va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida tashkil etilgan kibertanlov bo‘lib o‘tadi.
«Cyber   9/12 Strategy Challenge» Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz universitetlari talabalari uchun maxsus ishlab chiqilgan. 11-12 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan tadbirda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ta’lim muassasalari vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.
«Cyber   9/12 Strategy Challenge» maqsadi kelajakda kiberxavfsizlik muammolariga dosh bera oladigan yangi avlod liderlarini aniqlashdan iborat.
Tadbirni tantanali tarzda Atlantika Kengashining Kiber-davlat qurilishi tashabbusi (Cyber Statecraft Initiative) direktori oʻrinbosari Safa Shahvan Edvards, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi elchi Klemens Koja, AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalovlar ochib berdilar.
Tanlovda ishtirok etayotgan talabalar kiberxavfsizlikning texnik, siyosiy va strategik jihatlari bo‘yicha bebaho amaliy tajribaga ega bo‘ladilar va kiberxavfsizlik sohasidagi  yetakchilar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.