TshIU professori CosmoGrav22 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

23-24 mart kunlari ICARD tomonidan tashkil etilgan Kosmologiya va Gravitatsiya bo’yicha xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti fizika fani professori Atamurotov Farrux CosmoGrav22 ilmiy onlayn anjumanida taklif etilgan ma’ruzachi sifatida u o’zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro konferensiya kosmologiya va gravitatsiya sohalariga bag’ishlangan bo’lib, Hindistonning Haridvar shahrida bo’lib o’tdi va u yerda tadqiqotchilar kelgusidagi hamkorlik uchun fikr almashishga muvaffaq bo’lishdi.