TShIU professorining kitobi endi Amazon.comda

Dunyoga mashxur Amazon.com saytida Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Xose L.Tongzonning “Xalqaro logistika tamoyillari” kitobiga oldindan buyurtma berish imkoniyati ochildi.

Ushbu kitob, xalqaro logistika sohasidagi barcha mavzularni ya’ni ham operativ, ham siyosiy nuqtai nazardan qamrab olishga hamda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan olingan misollar va illyustratsiyalar bilan xalqaro logistikaning yangi va kelajakda yuzaga kelish ehtimoli mavjud bo‘lgan muammolarini muhokama qilishga qaratilgan. Ushbu kitob Buyuk Britaniya va AQShda joylashgan dunyoda tan olingan nufuzli nashriyotlaridan biri tomonidan nashr etilgan.

Kitob muallifi 2017-yilda Toshkentdagi Inha universitetida o’z ish faoliyatini boshlagan va logistika dasturining tadbiq etilishida o’zining katta hissasini qo’shgan shaxslardan biridir. Undan avval bir necha yil davomida Avstraliya, Koreya va Singapur davlatlarida logistika bo‘yicha o’z bilimlarini berib kelgan.

Professor Xose L. Tongzon Tasmaniya universitetida (Avstraliya) iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga egadir.

//www.amazon.com/Principles-International-Logistics-Jose-Tongzon-dp-1800888910/dp/1800888910/ref=mt_other?_encoding=UTF8&me=&qid=