TShIU qabul jamoasi Samarqand shahriga tashrif buyurdi

28-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligida universitet vakillari Samarqand shahar 9-sonli  Informatika va Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida samarqandlik abituriyentlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Maktab bitiruvchilari faollik bilan savollar berib, Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qishga katta qiziqish bildirdi.
Ertaga qabul guruhi taqdimot bilan Navoiy shahriga tashrif buyuradilar.