TshIU qizlari o’rtasida badminton bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

20-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida badminton bo‘yicha qizlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar raqobatlashish, yangi do’stlar orttirish va madaniy hordiq olish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi!
Final juda ham hayajonli bo‘ldi, o‘yinchilar ajoyib tezlik, chaqqonlik va chidamlilik bilan o’yinni qiziqarli o’tishiga sababchi bo’lishdi.
O‘yin so‘ngida TshIU yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi prorektori Turdimurat Tursunmuratov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni tabriklab, ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.