TShIU qoshidagi BPO markazi negizida «GEO2 IUT GLOBAL» ochilishi bo’lib o’tdi

29-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetning BPO markazi negizida “GEO2 IUT GLOBAL” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.
Qo‘shma korxona GIS loyihalari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqadi hamda, O‘zbekistonlik yosh dasturchilarni jalb etgan holda xalqaro va innovatsion loyihalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Keyingi 3 oy ichida koreyalik mutaxassislar GEO2 Global Co. LTD GIS va kartografik tizimlar bilan ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha loyihalarni tashkil etish ham ko’zda tutilgan.