TshIU rektori CIO sammit 2023 da ishtirok etmoqda

28-sentabr kuni Samarqand shahrida “UZBEKISTAN INTERNATIONAL CIO SUMMIT 2023” sammitiga start berildi. Sammitni Xalqaro CIOlar akademiyasi prezidenti Jan-Pyer Ofrening qutlov nutqi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikni alohida ta’kidladi, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti CIO xalqaro akademiyasiga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi birinchi universitetlardan biri bo‘lganini mamnuniyat bilan e’lon qildi.
Shuningdek, ushbu tadbirning ochilishida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov qutlov so‘zi bilan so‘zga chiqib, xalqaro akademiya rahbariyatiga universitetni a’zolikka qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Qayd etish joizki, UZBEKISTAN INTERNATIONAL CIO SUMMIT 2023 butun dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya yetakchilari uchun muhim voqea hisoblanadi.